By Behzod Sulaymonov | Aprel 26, 2011 - 10:37 am - Posted in Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida BMT Taraqqiyot dasturining “Parlament rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi hamkorligida “Parlament jurnalistikasining dolzarb masalalari” mavzuida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, olim va mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Aprel 22, 2011 - 5:31 pm - Posted in Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 11:06 am - Posted in Siyosat

Toshkentda 22-23 aprel kunlari “O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi” mavzuida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini demokratlashtirish bo‘yicha chuqur va izchil islohotlarni hayotga tatbiq etish borasida O‘zbekiston tajribasini, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan mamlakatimizni rivojlantirishning yangi bosqichiga oid vazifalarni keng ko‘lamda amalga oshirish borasidagi yuksak samaralarni o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 11:05 am - Posted in Siyosat

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari tom ma’noda demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Zaminimizda qadimdan shakllangan mahalla instituti bugun aholining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan mustahkam jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqei yanada kuchaymoqda.

Read The Full Story…

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining tashkiliy va huquqiy asoslari» mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar va deputatlar, Senat Kengashi komissiyasining a’zolari, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari raislari, viloyatlar hokimliklarining vakillari, “Mahalla” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Aprel 20, 2011 - 9:05 am - Posted in Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintaoning taklifiga binoan 19 aprel kuni davlat tashrifi bilan Pekinga keldi.Pekin markazidagi Xalq vakillari majlislar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Islom Karimov va Xu Szintao o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining bugungi holati va istiqboli, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 9:04 am - Posted in Iqtisod

Istiqlol yillarida mamlakatimizda sayyohlik sohasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ushbu sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish, sayyohlik va mehmonxona biznesi va menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro kadrlar tayyorlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa hujjatlar soha taraqqiyotida muhim omil bo‘lmoqda.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 9:03 am - Posted in Madaniyat

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida mamlakatimizda madaniyat va san’atni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbekkino» milliy agentligi va «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur matbuot anjumanida tegishli vazirlik va idoralar, ijodiy tashkilotlarning rahbarlari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 9:02 am - Posted in sport

Toshkentlik futbolchilar Osiyo chempionlar ligasidagi dastlabki g‘alabasini nishonladi.
Musobaqaning «V» guruhida ishtirok etayotgan «Paxtakor» jamoasi to‘rtinchi turda o‘z maydonida Eronning «Istiqlol» jamoasi bilan kuch sinashdi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 9:01 am - Posted in Siyosat

19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Read The Full Story…