By Behzod Sulaymonov | Noyabr 17, 2009 - 9:36 pm - Posted in Yangiliklar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizda ikki yuz milliondan ziyod kishi qandli diabet xastaligidan aziyat chekmoqda. Noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlilik, asabiylashish, sog‘lom turmush talablariga rioya etmaslik bu kasallikni keltirib chiqaradigan asosiy sabablardandir. Muammoning oldini olish maqsadida butun dunyoda noyabr oyida qandli diabetga qarshi kurash tadbirlari o‘tkaziladi. Maqsad ushbu xastalikdan aziyat chekayotgan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 9:34 pm - Posted in Yangiliklar

Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida sport tibbiyotini rivojlantirish masalalari va istiqbollariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish, sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash uchun barcha shart-sharoitni yaratish, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilarni tarbiyalash doimiy e’tiborda. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 9:32 pm - Posted in Yangiliklar

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, har tomonlama yetuk va barkamol shaxs etib tarbiyalash, iste’dodi va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularning ezgu orzu va intilishlariga qanot bag‘ishlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 9:32 pm - Posted in Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy soha, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonida axborot makonini tashkil etish masalalari o‘z aksini topgan, bu borada Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 2002-2010 yillarga mo‘ljallangan Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi amalga tatbiq etilmoqda. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Noyabr 12, 2009 - 3:41 pm - Posted in sport, Yangiliklar

Sambo. Gretsiyada o‘tkazilgan samboning jangovar yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz vakillari – O‘g‘iljon Ro‘zmetova 56 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shavkat Jo‘rayev, Ravshan To‘raqulov, Qodir Sultonov, Ilhom Sotvoldiyev va Eldor G‘ulomov bronza medalga sazovor bo‘ldi. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:38 pm - Posted in Yangiliklar

Jahonda davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida bank-moliya tizimining barqarorligi barcha mamlakatlar uchun dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida har tomonlama puxta ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturining samarasi o‘laroq mamlakatimiz dunyo moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlaridan himoyalanish, iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlarini va bank-moliya tizimi barqarorligini yanada mustahkamlashga muvaffaq bo‘lmoqda. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:37 pm - Posted in Yangiliklar

Kundalik turmushimizga zamonaviy axborot texnologiyalarining shiddat bilan kirib kelishi barcha sohalarda ish jarayonini tezlashtirish bilan birga axborot almashish borasida keng imkoniyatlar ochmoqda. Joylarda jamoaviy internetdan foydalanish muassasalari tobora ko‘payib borayotgani quvonarli. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:37 pm - Posted in Yangiliklar

“Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.”(O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 36-modda)
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojida mulkdorlar muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik tufayli bizning yurtimizda ham erkin demokratik jamiyatga xos turli mulkchilik shakllari yuzaga keldi. Konstitutsiyamizning 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekani qayd etilib, fuqarolarning ushbu huquqi qonun yo‘li bilan kafolatlangan. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Noyabr 11, 2009 - 5:47 pm - Posted in Yangiliklar

Poytaxtimizda farmatsevtika fani va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Toshkent farmatsevtika instituti va bir qator farmatsevtika kompaniyalari hamkorlikda o‘tkazgan ushbu anjumanda ishlab chiqaruvchilar, soha mutaxassislari, rossiyalik va ukrainalik olimlar ishtirok etdi. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 5:44 pm - Posted in Yangiliklar

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 11 noyabr kuni O‘zbekiston va Norvegiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.Tadbir O‘zbekiston-Norvegiya savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, yoqilg‘i-energetika, soliq, bojxona, bank-moliya, konsalting xizmati, aviatashuv, kimyo, atrof muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar hamda sayyohlik sohalari uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi. Read The Full Story…