By Behzod Sulaymonov | Oktabr 29, 2009 - 4:19 pm - Posted in Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi asosida aholi punktlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Respublikadagi eng yaxshi qishloq” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 13 mayda qabul qilingan qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur tanlovga Sirdaryo viloyatidagi o‘nlab qishloqlar tavsiya etildi. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:47 pm - Posted in Yangiliklar

Mamlakatimizda boshqa sport turlari kabi mini futbol ham tobora ommalashib bormoqda.
Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 3-bolalar va o‘smirlar sport maktabida mini futbol guruhlari ish boshladi.
Mazkur sport maktabi direktori Shuhrat Vaisovning aytishicha, bu yerda 12 nafar tajribali murabbiy 300 nafardan ziyod yoshlarga saboq berayotir. Ularning 112 nafarini qizlar tashkil etadi. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:45 pm - Posted in Yangiliklar

Guliston shahrida aholi uchun yakka tartibdagi uy-joylarning loyihalari va qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan mintaqaviy ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi.Unda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining iqlim sharoiti, geografik joylashuviga mos ravishda ishlab chiqilgan namunaviy turar-joy loyihalari, zamonaviy va tez tiklanuvchi qurilish materiallari, uy-ro‘zg‘or buyumlari namoyish qilindi. Mazkur tadbirda «Qishloq qurilish loyiha» loyiha-qidiruv instituti, «Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi, «Qishloq qurilish bank»ning hududiy filiallari, arxitektura va qurilish boshqarmalari vakillari, elektr tarmoqlari, gaz, suv ta’minoti korxonalari, pudratchi qurilish tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:44 pm - Posted in Новости

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 23 iyunda qabul qilingan “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2009-2010 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Janubgazta’minot” unitar korxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:42 pm - Posted in Новости

The system of cashless payments by plastic cards has been being improved and developed each year. Resolution of the President of the Republic of Uzbekistan dated April 6, 2009 “On additional measures to further stimulate the attraction of free funds of population and economic entities on deposits in commercial banks” significantly expanded the range of “electronic wallets”. Read The Full Story…

The Uzbek Agency for Press and Information held a press conference on media coverage of topical issues identified in the book by President Islam Karimov “economic and financial crisis, ways and measures to overcome it in Uzbekistan”.
The event was attended by representatives of leading print media, news agencies, electronic publications, publishers, scientists, economists and journalists. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:41 pm - Posted in Новости

Archaeological complex “Ming Urik” witnessed one of the regular creative projects of the Fund “Forum of Culture and Arts of Uzbekistan in the capital, III International Art Exhibition “Time and symbols”.
It was organized in cooperation with the Ministry of Culture and Sports of Uzbekistan, «Ijod» National Center for the Arts, Association of artists, art historians and craftsmen. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Oktabr 28, 2009 - 4:09 pm - Posted in Yangiliklar

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik korxonalar tashkil etish va shu orqali aholining bandlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tumandagi non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Uchquduq issiq non” xususiy korxonasi faoliyat ko‘rsata boshlaganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Qisqa vaqt ichida bu yerda yetmish turdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Zamonaviy minitexnologiyalarni keltirish uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Uchquduq tuman bo‘limi imtiyozli kredit ajratib, korxonaga moliyaviy ko‘maklashdi. Yigirmaga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan korxonada tayyorlanayotgan sifatli non va non mahsulotlari Uchquduq shahri, “Mingbuloq”, “Juzquduq”, “Oltintov” va “Uzunquduq” qorako‘lchilik shirkat xo‘jaliklari aholisiga yetkazib berilmoqda. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 4:08 pm - Posted in sport, Yangiliklar

Respublikamizdagi futbol maktab-internatlari jamoalari o‘rtasidagi 13-final musobaqasi Namangan shahrida o‘tkaziladi. Ushbu yirik tadbir respublika Xalq ta’limi vazirligi va uning qoshidagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport markaziy kengashi hamkorligida amalga oshirilyapti. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 4:04 pm - Posted in sport, Yangiliklar

Qirollik klubi — «Real Madrid»ning faxriy hujumchisi Raul Gonsales bilan bog‘liq xushxabar tezda butun dunyoga tarqaldi. U O‘zbekiston milliy chempionati peshqadami “Bunyodkor” klubi safiga qo‘shilib, tarkibni kuchaytirishi mumkin. Ushbu xabar ispan nashri “El Konfidensial” sahifasida chop etildi. Read The Full Story…