By Behzod Sulaymonov | Yanvar 14, 2011 - 2:29 pm - Posted in umumiy, Yangiliklar

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar zamirida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning qalbi va ongida Vatanga sadoqat, fidoyilik, yurt taqdiri va kelajagi uchun mas’ullik hissini mustahkamlashdek ezgu maqsad mujassam.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Sentabr 8, 2010 - 10:55 am - Posted in umumiy

«Ўзбекистон маданияти ва санъати форуми» жамғармаси (Fund forum. uz), «Келажак овози» ёшлар ташаббуслари маркази, Ўзбекистон Мустақил босма оммавий ахборот воситалари ва ахборот агентликларини қўллаб қувватлаш ва ривожлантириш жамоат фонди, Британия кенгаши (British council) ҳамкорлигида Тошкент вилояти Чирчиқ туманида жойлашган «Бўстон» сиҳатгоҳида 100 нафардан ортиқ истеъдодли ёшлар учун анъанавий «Ёшлар медиа оромгоҳи—2010» ташкил этилди. Шу ёшлар орасида мен ҳам борлигимдан беҳад бахтиёр эдим. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Sentabr 6, 2010 - 9:44 am - Posted in umumiy, Yangiliklar

Бугун юртимизда рўй бераётган иқтисодий-ижтимоий ислоҳотлар моҳиятини аҳоли ўртасида кенг тарғиб этиш, мамлакатда демократик, очиқ-ошкоралик муҳитини таъминлашда оммавий ахборот воситаларининг муҳим ўрни бор.Шу боис ҳам истиқлол йилларида мазкур соҳа тўртинчи ҳокимият даражасига кўтарилиб,оммавий ахборот воситалари фаолиятига оид ўнта қонун ҳамда кўплаб қарор ва бошқа турдаги меъёрий ҳужжатлар ишлаб чиқилди. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Aprel 23, 2010 - 2:56 pm - Posted in umumiy

Мобил телефонлар сайёрамиз бўйлаб ишонч-ла одимламоқда. Ҳозирга келиб уяли алоқа билан қопланиш даражаси аксарият минтақа ва мамлакатларда максимал даражага етиб бўлди, энди мобил қурилмалар шахсий компютерларга ҳам рақобат туғдирмоқда. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Oktabr 20, 2009 - 11:12 am - Posted in umumiy, Yangiliklar

Shu yil o’tkaziladigan saylovlar yangi siyosiy, ijtimoiy va huquqiy sharoitda bo’lib o’tadi. Mazkur jarayonda mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan «Saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni muhim amaliy ahamiyatga egadir. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 11:10 am - Posted in umumiy, Yangiliklar

Yaqinda «Iqtisod-moliya» nashriyoti «Ekologiya fanidan ko’rgazmali uslubiy qo’llanma» nomli kitobni nashrdan chiqardi.
Ushbu qo’llanma barcha oliy o’quv yurtlarida qo’llanilib kelinayotgan dastur asosida tuzilgan va ekologiya fanining asosiy bo’limlarini qamrab olgan. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 11:05 am - Posted in umumiy, Yangiliklar

Tini Big Mauntin,

Amerika Qo’shma Shtatlari:

– Samarqand haqidagi taassurotlarimni ta`riflashga so’z ojiz. Shaharning nechog’lik yuksak darajada taraqqiy etganini aeroportning o’zidanoq ko’rish mumkin. Ayniqsa, shaharning so’lim bog’ va xiyobonlari, serjilo favvoralari, xalqingizning yuksak yaratuvchanlik salohiyatidan darak beruvchi mahobatli inshootlar har qanday kishini o’ziga maftun etishi, shubhasiz. Shahardagi Universitet xiyobonini sayr qilib rohatlandim. Bu yerdagi yam-yashil maysazorlar, turfa gullar, ajoyib manzara dunyoning boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 10:54 am - Posted in umumiy, Yangiliklar

O’zbekiston ekologik harakati mamlakatimizning barcha hududlarida o’z faoliyati samaradorligini oshirishning turli usullaridan foydalanayapti. Jumladan, ijtimoiy loyiha doirasida Orolbo’yi aholisining salomatligini muhofaza qilish, ekologik jihatdan nochor ushbu hududda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda qishloq xo’jaligida yuqori samaradorlikka erishish hamda ekologik toza mahsulotlar yetishtirish masalalariga alohida e`tibor qaratilayapti. Qoraqalpog’iston Respublikasining Kegayli tumani Ekoharakat faollari e`tiboriga tushishi ham bejiz emas. Chunki, ushbu tuman ham Orol fojiasi oqibatida ekologik vaziyat murakkablashgan hududlar sirasiga kiradi, tuman aholisining salomatligini muhofaza qilish borasida yanada jiddiy e`tibor talab qilinar edi. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Oktabr 16, 2009 - 4:03 pm - Posted in umumiy, Yangiliklar

Toshkentda 1996 yil 18 oktabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi
“O‘zbekistonning butun dunyoga mashhur ochiq osmon ostidagi muzey-shaharlari bor. Shu bilan birga, mamlakatingizda mustaqillik yillarida shunday muhtasham binolar qurilibdiki, ular nafaqat betakror qiyofasi, balki yurtingiz tarixi, ajdodlaringiz boy merosini o‘zida yorqin aks ettirishi bilan har qanday kishini hayratga soladi. Go‘zal poytaxtingizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi menda ana shunday taassurot qoldirdi”. Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Sentabr 25, 2009 - 1:40 pm - Posted in umumiy

Узбекистон мустакилликка эришгач, миллий кадриятларимиз, жумладан динга булган муносабат узгарди. Мамлакатимизда эътикод эркинлиги хакидаги конуннинг кабул килингани, масжиду мадрасалар кайта таъмирланиб, фаолият курсатишга киришгани, ийд айёмлари байрам килинаётгани, юзлаб ватандошларимиз хаж зиёратини эмин-эркин адо этишаётгани фикримизга далил була олади. Read The Full Story…