By Behzod Sulaymonov | Iyun 9, 2011 - 11:02 am - Posted in Iqtisod

Davlatimiz rahbarining 2006 yil 24 avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo-2011” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi fermerlarimiz uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish, xarid qilish va ishga tushirishda keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Aprel 20, 2011 - 9:04 am - Posted in Iqtisod

Istiqlol yillarida mamlakatimizda sayyohlik sohasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ushbu sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish, sayyohlik va mehmonxona biznesi va menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro kadrlar tayyorlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa hujjatlar soha taraqqiyotida muhim omil bo‘lmoqda.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Mart 14, 2011 - 3:48 pm - Posted in Iqtisod

Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 7 fevralda qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida mazkur soha subyektlari uchun soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Mart 11, 2011 - 5:18 pm - Posted in Iqtisod

Prezidentimiz Islom Karimov 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida 2010 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2009 yildagiga nisbatan 6,8 foiz, 2000 yildagiga nisbatan esa 1,8 barobar oshganini alohida ta’kidladi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 5:17 pm - Posted in Iqtisod

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2011” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 55 xususiy sektor vakili ishtirok etdi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Mart 3, 2011 - 3:54 pm - Posted in Iqtisod

Ayolning go‘zalligi va nafosatini gulga, uning irodasini metinga qiyoslaydilar. Ayol bor xonadon orasta, fayzli. Bunday xonadondan xotirjamlik, quvonch, qut-baraka arimaydi.Davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ayollarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini yanada faollashtirish borasida muhim dasturilamal bo‘layotir. Bugun ayollarimiz nafaqat ilm-fan, san’at, madaniyat, sport, iqtisodiyot sohalarida, ayni paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ham munosib o‘rin egallamoqda. Yer bilan tillashib, o‘zining iroda va matonatini namoyon etayotgan mulk sohibalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, chorvachilik, parrandachilik, xizmat ko‘rsatish va servis yo‘nalishida istiqbolli biznes-rejalarni amalga oshirayotgan faol xotin-qizlar safi tobora kengaymoqda.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | - 3:54 pm - Posted in Iqtisod

Xivada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2011” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, fermerlik harakatini hamda milliy hunarmandchilikni jadal rivojlantirish, sohada ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadlariga yo‘naltirilgan ushbu tanlovda o‘ttizdan ziyod ishtirokchi o‘z salohiyatini namoyish etdi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Mart 1, 2011 - 3:38 pm - Posted in Iqtisod

Xotin-qizlarning faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridandir. Prezidentimizning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi farmoni bu boradagi ishlarni izchil amalga oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Fevral 23, 2011 - 12:29 pm - Posted in Iqtisod

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Ta’lim va mutaxassislik – 2011” oltinchi xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.Ko‘rgazma mamlakatimiz Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etildi.

Read The Full Story…

By Behzod Sulaymonov | Fevral 18, 2011 - 6:11 pm - Posted in Iqtisod

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 18 fevral kuni O‘zbekiston va AQSH ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, neft-gaz, aviasozlik, avtomobilsozlik, savdo-sanoat, sarmoya, transport va transport kommunikatsiyalari, fan-ta’lim, sayyohlik, geologiya va mineral resurslar, kimyo, oziq-ovqat, qishloq va suv xo‘jaligi hamda axborot texnologiyalari sohalari uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

Read The Full Story…