404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Behzod Sulaymonov | Iyun 14, 2011 - 3:01 pm - Posted in Jamiyat

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida navqiron avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazishdek ezgu maqsad mujassam. Buni Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Davlatimiz rahbarining 2009 yil 6 avgustda qabul qilingan “Namangan shahrini 2009-2012 yillarda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga oid dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq viloyat markazida davom etayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari doirasida kichkintoylar, o‘quvchi va talaba-yoshlar uchun turli ko‘ngilochar maskanlar barpo etilayotir.

Iste’dodli va faol yoshlarning sevimli maskaniga aylangan “Yoshlar markazi”, yangi barpo etilayotgan “Kamolot” yoshlar bog‘i kabi madaniyat va ma’rifat maskanlari o‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyatining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mustaqilligimizning yigirma yilligi nishonlanadigan joriy yilda foydalanishga topshirilgan “Kichkintoy – barkamol avlod bog‘i” nafaqat viloyat yoshlariga bayram tuhfasi, balki Namanganga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun ham miriqib hordiq chiqaradigan saylgoh bo‘ldi.

Bog‘ni barpo etish va zamonaviy attraksionlar bilan jihozlash ishlariga “Namanganpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining hissasi katta bo‘ldi. Umumiy maydoni to‘qqiz gektarni tashkil qiladigan bog‘da “Namangan 3-ta’mirlash-qurilish boshqarmasi” bunyodkorlari tomonidan ulkan hajmdagi qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Jumladan, yigirma to‘rt xil attraksion o‘rnatildi, muzqaymoq, yaxna ichimliklar, shirinliklar savdo shoxobchalari qurildi, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi, maysazor va gulzorlar barpo etildi.

Bog‘ hududidagi mo‘jaz ko‘l, betakror landshaft, rang-barang attraksionlar, ayniqsa, tungi chiroqlar va manzarali girlyandlar yog‘dusi yanada sehrli manzara hosil qiladi.

Haykaltarosh Shermuhammad Aliboyev yaratgan afsonaviy bahodir – Farhod haykali, buyuk tariximizni jonlantirgan “Karvon” kompozitsiyasi, Sharq me’morchiligi uslubida yaratilgan “Ertaklar shaharchasi” orqali bolajonlar o‘tmishga sayohat qilishlari mumkin. Bunday sayohat uchun milliy uslubda bezatilgan ot-aravalar ham tayyorlab qo‘yilgan.

Kichkintoylar bog‘ida hayvonot bog‘i va okeanariy tashkil qilingani nafaqat bolajonlar, balki kattalarga ham manzur bo‘ldi. Endi bu yerga keluvchilar yovvoyi hayvonlarning qirqqa yaqin noyob turlarini tomosha qilishi mumkin. Toshlar va qalin oynalardan yasalgan katta akvarium – okeanariyda o‘zingizni dengiz tubida yurganday his qilasiz. Turli baliq va dengiz jonivorlari shundoq yoningizda suzib yuradi.

– Bu yerda bolalar uchun mazmunli dam olish bilan birga o‘z bilimlarini, dunyoqarashlarini boyitish imkoniyati ham bor, – deydi Namangan tumanidagi 30-maktab o‘qituvchisi G‘ulomjon Sheraliyev. – Zoologiya, biologiya fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni ushbu hayvonot bog‘ida o‘tkazish o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan mehrini yanada oshiradi.

Bog‘da maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun alohida o‘yin maydonchalari ham tashkil etilgan.

O‘zA, A.Sattorov

This entry was posted on Seshanba, Iyun 14th, 2011 at 15:01 and is filed under Jamiyat. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.