404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Behzod Sulaymonov | Iyun 14, 2011 - 2:59 pm - Posted in Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev 13 iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.Toshkent aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev o‘rtasida qisqacha suhbat bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar yuzasidan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib turadigan O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining o‘zaro ishonch va ochiqlik ruhidagi an’anaviy siyosiy muloqoti doirasida tashkil etilmoqda.

14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan barqaror mustahkamlanib borayotgan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarga alohida e’tibor qaratiladi. 2010 yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1,5 barobar o‘sib, 6,4 milliard AQSH dollariga yetdi. Joriy yilda ham shunday dinamika kuzatilmoqda.

O‘zA

This entry was posted on Seshanba, Iyun 14th, 2011 at 14:59 and is filed under Siyosat. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.