404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Behzod Sulaymonov | Iyun 9, 2011 - 11:02 am - Posted in Jamiyat

Mamlakatimizda bolalarning yozgi dam olishini yuksak saviyada tashkil etish, o‘g‘il-qizlar ta’til kunlarini maroqli o‘tkazishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.Yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasidagi ishlarga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ayni paytda mazkur jamg‘arma tomonidan ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, nogiron hamda maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarining dam olishi uchun yozgi oromgohlar tashkil etilmoqda.

Poytaxtimizda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining tibbiy-ijtimoiy markazi qoshida “Sog‘lom avlod” bolalar oromgohi ochildi.

O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari A.Xolbekov, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi S.Inomova Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazish, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganini ta’kidladilar. Yozgi ta’til mavsumida bolalarni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bu jarayonda muhim o‘rin tutadi.

Yunusobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu dam olish maskanida joriy mavsumda 200 nafarga yaqin kam ta’minlangan oila farzandlarining maroqli dam olishi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.

Oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi uchun ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari hamda intellektual o‘yinlar tashkil etiladi. O‘g‘il-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatligi muntazam nazorat qilib boriladi. Shuningdek, o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzi, gigiyena qoidalari va salomatlik sirlarini o‘rgatish maqsadida uchrashuv va suhbatlar tashkil etish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

O‘zA, Go‘zal Sattorova

This entry was posted on Payshanba, Iyun 9th, 2011 at 11:02 and is filed under Jamiyat. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.