404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Behzod Sulaymonov | Iyun 9, 2011 - 11:00 am - Posted in Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetida mazkur ta’lim dargohini tamomlayotgan yoshlarning bitiruviga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari, ota-onalar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Toshkent islom universiteti rektori R.Abdullayev va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihozlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Istiqlol yillarida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent islom universitetida ayni paytda yoshlarga zamonaviy fan va texnologiyalar, diniy va dunyoviy bilim, xorijiy tillar bo‘yicha ta’lim berilmoqda. Universitetda yigit-qizlarning o‘qib-izlanishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Bu yerdagi axborot-resurs va islomshunoslik markazlari, manbalar xazinasi, internetga ulangan zamonaviy kompyuter xonalari talabalarning nazariy va amaliy bilimini mustahkamlash imkonini bermoqda. Bu yil ushbu bilim yurtini jami 154 nafar yigit-qiz bitirib, mustaqil hayotga yo‘l oldi.

Tadbirda bitiruvchilarning 124 nafariga bakalavr, 30 nafariga esa magistr diplomlari topshirildi. Ularning aksariyati o‘z ish joylarini oldindan belgilab, uch tomonlama shartnomalar imzolagan.

O‘zA, X.Salimov

This entry was posted on Payshanba, Iyun 9th, 2011 at 11:00 and is filed under Jamiyat. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.